Loyiha haqida:
AI Station — sun’iy intellekt yo‘nalishida ta’lim beruvchi va startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi markaz. Ikki yo‘nalishi bor: AIS Academy — AI ta’lim dasturlari, AIS Studio — g‘oyadan bozorga tayyor mahsulotgacha olib boruvchi olti oylik inkubatsiya dasturi.
Markazda Markaziy Osiyodan 5 000 dan ortiq talaba AI sohasida martaba qurmoqda. Kompaniyalarga AI konsalting, korporativ o‘quv dasturlari va maxsus yechimlar taklif etiladi. Hamkorlar orasida Adliya vazirligi, Aloqabank va UNDP bor.

