BOEL — innovatsion va barqaror loyihalarni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning turli yo'nalishlarida zamonaviy investitsion ekotizim yaratadigan kompaniya
Biz shunchaki investitsiya kiritmaymiz — biz barqaror o'sish uchun poydevor yaratamiz
Loyihangizni taqdim etingBOEL Investments — 2021-yilda tashkil etilgan investitsiya xoldingi. Ammo biz noldan boshlamaganmiz: ekotizimimizdagi kompaniyalarning ba'zilari ancha oldin ish boshlagan — eng qadimgisi 1998-yildan beri bozorda. Biz yillar davomida sinalgan jamoalarni bitta strategiya atrofida birlashtirdik: ta'lim, moliya, IT, audit, ijtimoiy loyihalar, ko'chmas mulk va sog'liq — jami 7 yo'nalish, 25 ta loyiha.
Zamonaviy xususiy oliy ta'lim va EdTech ekotizimini qurdik: ISFT, TIFT va UBS institutlari, Nexty LMS tizimi, iUniver kurslar platformasi hamda AI Station sun'iy intellekt markazi. Maqsad — bozorga tayyor mutaxassis yetishtirish.
Yuqori texnologiya loyihalariga sarmoya kiritamiz: NextBrain — murakkab tizimlar va fintex platformalari muhandisligi, NextID yagona autentifikatsiya tizimi, TextUp SMS platformasi, Founders Hub startaplar markazi, TECHNIC lab va DENT.
Moliyaviy xizmatlarni ochiq va raqamli qilamiz: eBirja birja savdolari, Xarid davlat xaridlari platformasi, eValue aktivlarni avtomatik baholash tizimi va TAYAN mikromoliya tashkiloti.
Biznesga audit, soliq va huquqiy maslahat: TGS Uzbekistan — xalqaro TGS tarmog'ining a'zosi, PILESSER auditorlik tashkiloti hamda Marquee Advisory. Hisobotlarning ishonchliligi va xalqaro standartlarga muvofiqligi ta'minlanadi.
Odamlarning kundalik hayotini yaxshilaydigan loyihalarni qo'llab-quvvatlaymiz: Aimjob xorijda ishga joylashtirish platformasi, Bandlik xizmati va ALBATROS turizm operatori.
Real sektorga sarmoya yo'naltiramiz: Varaxsha Residence turar-joy majmuasi va Tricam Solar. Bozor talabi yuqori bo'lgan obyektlarni rivojlantirib, investorlar uchun uzoq muddatli barqaror qiymat yaratamiz.
Sog'lom turmush tarzini rag'batlantiramiz: FitCity fitnes klublari tarmog'i professional uskunalar va raqamli boshqaruv tizimlari asosida zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirmoqda.
BOEL turli sohalarda iqtisodiy o'sishga xizmat qiluvchi zamonaviy loyihalarni amalga oshirmoqda
Barchasini ko'rishBOEL loyihaga faqat kapital emas, strategik qo'llab-quvvatlash, monitoring va ekspertiza bilan kiradi




Mutaxassislarimiz milliy bozorning o'ziga xos jihatlarini hisobga oladi. Biz investitsiya obyektining joylashuvi, xom ashyo zaxiralari va logistika imkoniyatlarini baholaymiz. Mintaqaning geosiyosiy hamda ob-havo sharoitlarini tahlil qilamiz. Soha talablarini alohida o'rganamiz. Shuningdek, kompaniyangizning moliyaviy, kadr va texnologik salohiyatiga e'tibor qaratamiz.
Kompaniyaning moliyaviy hisobotlari, daromad va xarajat tuzilmasi hamda bozordagi o'rnini chuqur o'rganamiz. Natijada biznesning kuchli tomonlari va xatarlari aniq raqamlarda ko'rinadi.
Moliyaviy-iqtisodiy tahlil yakunlangach, biznesning investitsiya qiymatini hisoblaymiz. So'ngra asoslangan sarmoya bahosini tayyorlab, uni siz bilan birga muhokama qilamiz.
Sarmoya jalb etishning eng maqbul usullarini aniqlaymiz. Kapital kirib kelgandan so'ng biznesning iqtisodiy faoliyatini modellashtirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Sayt orqali ariza qoldiring yoki bizga qo'ng'iroq qiling. Mutaxassisimiz siz bilan bog'lanib, loyiha tafsilotlarini aniqlashtiradi.

Toshkent: Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko'chasi, 39-uy
Dubay: DAMAC XL Tower, 11-qavat
Kompaniya yangiliklari, loyihalar bo'yicha e'lonlar va muhim voqealardan birinchilardan bo'lib xabardor bo'ling
Barchasi