Ilg'or sektorlar
Moliyaviy xizmatlarni ochiq va raqamli qilamiz: eBirja birja savdolari, Xarid davlat xaridlari platformasi, eValue aktivlarni avtomatik baholash tizimi va TAYAN mikromoliya tashkiloti.

Zamonaviy xususiy oliy ta'lim va EdTech ekotizimini qurdik: ISFT, TIFT va UBS institutlari, Nexty LMS tizimi, iUniver kurslar platformasi hamda AI Station sun'iy intellekt markazi. Maqsad — bozorga tayyor mutaxassis yetishtirish.

Sog'lom turmush tarzini rag'batlantiramiz: FitCity fitnes klublari tarmog'i professional uskunalar va raqamli boshqaruv tizimlari asosida zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirmoqda.

Real sektorga sarmoya yo'naltiramiz: Varaxsha Residence turar-joy majmuasi va Tricam Solar. Bozor talabi yuqori bo'lgan obyektlarni rivojlantirib, investorlar uchun uzoq muddatli barqaror qiymat yaratamiz.

Yuqori texnologiya loyihalariga sarmoya kiritamiz: NextBrain — murakkab tizimlar va fintex platformalari muhandisligi, NextID yagona autentifikatsiya tizimi, TextUp SMS platformasi, Founders Hub startaplar markazi, TECHNIC lab va DENT.

Odamlarning kundalik hayotini yaxshilaydigan loyihalarni qo'llab-quvvatlaymiz: Aimjob xorijda ishga joylashtirish platformasi, Bandlik xizmati va ALBATROS turizm operatori.

Biznesga audit, soliq va huquqiy maslahat: TGS Uzbekistan — xalqaro TGS tarmog'ining a'zosi, PILESSER auditorlik tashkiloti hamda Marquee Advisory. Hisobotlarning ishonchliligi va xalqaro standartlarga muvofiqligi ta'minlanadi.
