Loyiha haqida:
TGS Uzbekistan — biznesga audit, buxgalteriya, soliq, huquq va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya. Xalqaro TGS Global Business Network tarmog‘ining O‘zbekistondagi a’zo firmasi bo‘lib, 1998-yildan beri faoliyat yuritadi.
Xizmatlar xalqaro tarmoq standartlari asosida ko‘rsatiladi. Kompaniya mijozlar uchun soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bo‘yicha muntazam seminarlar tashkil etadi.

